O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston Prezidentining Turkmaniston Prezidenti bilan telefon orqali muloqoti toʻgʻrisida

2018-11-13 | Siyosat

13-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

Suhbatda davlat rahbarlari keng koʻlamli ikki tomonlama hamkorlikning holati va uni oliy darajada erishilgan kelishuvlar doirasida rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Oʻzbekiston va Turkmaniston rahbarlarining muntazam uchrashuv va muloqotlari ikki tomonlama doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amaliy hamkorlikni kengaytirish uchun ishonchli poydevor boʻlib xizmat qilayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Prezidentlar oʻzaro tovar ayirboshlashni koʻpaytirish, sanoat, energetika va qishloq xoʻjaligida kooperatsiyani kuchaytirish, samarali transport yoʻlaklarini shakllantirish, hududlararo va gumanitar almashuvni faollashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdilar.

Tomonlar hamkorlikning eng muhim yoʻnalishlari, jumladan, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash, zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi kurashish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, energetik salohiyatni samarali rivojlantirish borasidagi yondashuv va pozitsiyalari mushtarak ekanini qayd etdilar.

Ikki va koʻp tomonlama keng koʻlamli hamkorlikni davom ettirish, shuningdek, xalqaro maydonda tashabbuslarni oʻzaro qoʻllab-quvvatlash va mintaqada yirik infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi.

Davlat rahbarlari qardosh Oʻzbekiston va Turkmaniston xalqlarining farovonligi yoʻlida koʻp asrlik doʻstlik, yaxshi qoʻshnilik va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan koʻp qirrali munosabatlarni izchil kengaytirish va mustahkamlash borasida intilishlari qatʼiy ekanini yana bir bor tasdiqladilar.

Поделиться