O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vazirligi: xalqaro darajadagi yangi avlod yuridik kadrlari tayyorlanmoqda

2018-11-13 | Jamiyat

Oʻzbekistonda ilk bora Adliya vazirligi tashabbusi bilan Toshkent davlat yuridik universiteti huzurida Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazi bilan hamkorlikda joriy yilining 5-noyabridan boshlab uch haftalik oʻquv kurslari tashkil etilmoqda. Mazkur kurs 24-noyabr kuniga qadar davom etadi.

Professional oʻqitish kursi dasturi hamkor xorijiy yuridik kompaniyalar bilan birgalikda ishlab chiqildi va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlandi. Dasturga nizolarni hal etish, muzokara, mediatsiya, arbitraj muhokamasida isbotlar, arbitraj kelishuvlarini tuzish va qoʻllash, arbitraj tartib-taomillari, xalqaro tergov qilish, korrupsiyaga qarshi choralar kabi dolzarb mavzular kiritilgan.

Professional oʻqitish kurslarida dars mashgʻulotlarini olib borish uchun “White and Case” (AQSH), “Foley Hoag” (AQSH), “Dentons” (AQSH) va “Merritz” (Buyuk Britaniya) kabi dunyoga taniqli yuridik kompaniyalarning yuqori malakali advokatlari va amaliyotchi-mutaxassislari jalb etilgan.

Kurslar davomida nazariy mashgʻulotlar bilan bir qatorda amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan. Shu maqsadda sud majlisi va arbitraj muhokamasini oʻtkazish va tijorat nizosini hal etish yuzasidan muzokaralar oʻtkazish xonasi sifatida jihozlangan maxsus auditoriyalar ajratilgan.

Kurs dasturi bilan qator arbitraj institutlari, xususan, Vashingtonda joylashgan Investitsiyaviy nizolarni hal etish xalqaro markazi bilan video-konferens aloqasini qoʻllagan holda alohida mashgʻulotlar oʻtkaziladi. Kurslar yakunida tinglovchilarga sertifikatlar beriladi.

Yana bir muhim jihat shuki, kursni muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilar Adliya vazirligi tavsiyasiga binoan xorijiy yuridik kompaniyalar, xalqaro arbitraj institutlariga 2-3 oylik muddatli stajirovkaga yuboriladi. Bu esa ularning xalqaro huquq normalarini yuqori darajada oʻzlashtirishlariga, shuningdek xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganishlariga imkon beradi.

Поделиться