O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Intellektual mulk agentligi vakillarining Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi

2018-11-13 | Fan

Agentlik vakillarining Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi doirasida Qoraqalpogʻiston Tabiiy fanlar ilmiy-tekshirish institutida Agentlik rahbariyati va OʻzR Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston hududiy boʻlimi jamoasining uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda FAning hududiy boʻlimida ixtirochilik faoliyatini faollashtirish, Agentlikda topshirilgan talabnomalar ekspertizasini oʻtkazish jarayoni va Qoraqalpogʻiston Tabiiy fanlar ilmiy-tekshirish institutida mutaxassislarni oʻqitishni tashkil etish bilan bogʻliq masalalar muhokama etildi.

Shuningdek, Intellektual mulk agentligi va Qoraqalpogʻiston davlat universiteti qoshidagi Texnologiya va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazi (QDU TIQM) hamkorligida tashkil etilgan “Patent boʻyicha qidiruvni amalga oshirish“ mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar ham boʻlib oʻtdi.

Mazkur seminarda OʻzR Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston hududiy boʻlimi hamda Qoraqalpogʻiston davlat universitetining boshqaruv tarkibi, ilmiy xodimlari va doktorantlari, shuningdek, QDU TIQM mutaxassislari ishtirok etdilar.

Agentlik mutaxassislari tomonidan seminar ishtirokchilari uchun mavzuga oid maʼruzalar, jumladan, IMA, Rossiya, Amerika va boshqa xalqaro tashkilotlarning (Yevropa patent idorasi, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti) maʼlumotlar bazasidan patent qidiruvini amalga oshirish boʻyicha amaliy mashgʻulot oʻtkazildi.

Tashrif doirasida boʻlib oʻtgan barcha uchrashuvlarda davlat idoralarida korrupsiyaga qarshi kurash bilan bogʻliq dolzarb muammolar muhokama etildi hamda Agentlikda bu borada olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot berildi.

Поделиться