O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston-Yaponiya: AES boʻyicha kadrlar tayyorlash masalasi muhokama qilindi

2018-11-13 | Jamiyat

Yaponiyada Osiyo taraqqiyot banki tomonidan oʻtkazilgan Fukusimada baxtsiz hodisalar xavfini boshqarish masalalariga bagʻishlangan xalqaro seminarda 12 davlatdan vakillar ishtirok etdi. 

Seminarda Osiyo davlatlari tomonidan tabiiy ofatlarni oldini olish va bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda bu borada OTBning dasturlari haqida ham batafsil maʼlumotlar berildi. 

Ishtirokchilar Fukusima prefekturasida boʻlib, u yerdagi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlari bilan tanishdi. Bunda ular zamonaviy texnologiyalarga asoslangan halokat oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan koʻrilayotgan samarali choralar nafaqat hudud va uning aholisi hayotini tiklashga, balki toʻliq iqtisodiy faoliyatni davom ettirish imkonini berayotganiga shohid boʻldi. 

Seminar doirasida “Oʻzatom” agentligi delegatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi hamkorligida uchrashuv oʻtkazildi. 

Unda “Oʻzatom” agentligi bosh direktori Joʻrabek Mirzamahmudov, Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligining Xalqaro atom energiyasi sohasida hamkorlik departamenti direktori Shinjiro Takeda va Yaponiyaning Atom energiyasi boʻyicha agentligi prezidenti Toshio Kodama ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro aloqalar barcha sohalar rivojida muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi. 

Uchrashuvda Yaponiya tomoni SSER texnologiyasi boʻyicha atom elektr stansiyasini qurish borasidagi Oʻzbekiston tashabbusini qoʻllab-quvvatlab, hamkorlik qilish va tajriba almashishga tayyor ekanini bildirdi. Yaponiyaning atom energetikasi sohasida tajribasini inobatga olgan tomonlar kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik qilish va bunda oʻzbekistonlik mutaxassislar uchun treninglar oʻtkazish masalalari muhokama qilindi. 

Ishtirokchilar uchrashuv doirasida “Tokay” atom elektr stansiyasida ham boʻlib, u yerdagi jarayon bilan tanishdi. 

 

Nasiba Ziyodullayeva, OʻzA

Поделиться