O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“ICC GROUP” poytaxtning magistral kanallariga qiziqish bildirdi
2018-11-12 | Jamiyat
Toshkent shahar hokimligida Turkiyaning “ICC GROUP” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Kompaniya suv sanoati ishlari, xususan toʻgʻon qurilishi va kanallar qirgʻoqlarini mustahkamlash boʻyicha boy tajribaga ega.
Uchrashuvda mehmonlar poytaxtdagi Boʻzsuv, Qorasuv, Salar, Boʻrijar kabi magistral kanallar qirgʻoqlarini mustahkamlash yuzasidan oʻzaro manfaatli tashabbuslarni ilgari surishdi. Shuningdek, tomonlar bu borada bajarilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan fikr almashishdi.
Muzokaralar davomida, turkiyalik mutaxassislar Toshkentdan oqib oʻtuvchi kanallarning geostrategik ahamiyatiga toʻxtalib, bu turizmni rivojlantirishda keng imkoniyatlar berishini taʼkidladi.
Maʼlumot uchun, kompaniyaga 2010 yil Anqara shahrida asos solingan boʻlib, Turkiyaning yetakchi pudratchilaridan hisoblanadi.