O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ichki ishlar vazirligida tibbiyot xodimlari kuni nishonlandi

2018-11-12 | Sog‘liqni saqlash

O’zbekiston Respublikasi tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyida ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir avvalida O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-mayor Po’lat Bobojonovning tibbiyot xodimlariga yo’llagan bayram tabrigini vazir o’rinbosari polkovnik Akromxon Boboxonov o’qib eshittirdi. Shundan so’ng ichki ishlar organlari xodimlari, faxriylari va ularning oila a’zolari salomatligini saqlash va mustahkamlash, shaxsiy tarkibga tibbiy xizmat ko’rsatish sifatini oshirish borasidagi ko’p yillik samarali mehnati, xizmat vazifalarini bajarishdagi fidoyiligi, faoliyatida yuqori ko’rsatkich va natijalarga erishib, shaxsiy tarkibga o’rnak bo’lib kelayotgan bir guruh tibbiyot xodimlarini mukofotlash haqidagi Ichki ishlar vazirining buyrug’i bilan Vazirlik Kadrlar bosh boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari polkovnik To’lqin Jumanov tanishtirdi.

Ichki ishlar vazirligining «Faxriy yorlig’i», esdalik qo’l soati pul mukofoti bilan taqdirlangan xodimlarga mukofotlarni polkovnik A.Boboxonov tantanali ravishda topshirdi. Rag’batlantirish tariqasida bir qator xodimlarga muddatidan oldin va bir pog’ona yuqori “podpolkovnik”, “mayor” maxsus unvonlari berildi.

Shuningdek, ichki ishlar organlari tibbiyot xizmatida uzoq yillar davomida faoliyat ko’rsatgan faxriylarga Ichki ishlar vazirining esdalik sovg’alari topshirildi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi Davolash profilaktika yordamini tashkillashtirish bosh boshqarmasi boshlig’i Farruh Sharipov Sog’liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanovning buyrug’ini o’qib eshittirdi. Unga ko’ra, bayram munosabati bilan tibbiyot sohasiga qo’shgan salmoqli hissasi uchun ichki ishlar organlari tibbiyot xodimlaridan besh nafari “O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash a’lochisi” ko’krak nishoni yana besh nafar xodim Sog’liqni saqlash vazirligining Faxriy yorlig’i bilan mukofotlandilar.

So’zga chiqqan mukofotlanganlar, kelgusi faoliyatlarida Vatanimiz ravnaqi yo’lida bundan ham yuqori natijalarga erishib, fidokorona xizmat qilishga va’da berdilar.

Tadbirning rasmiy qismidan so’ng, IIV Ashula va raqs ansambli xonandalari va taniqli san’atkorlar ishtirokida tayyorlangan bayram kontsert dasturi namoyish etildi.   

Поделиться