O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Viloyat Xotin-qizlar qoʻmitasining hisobot saylovi oʻtkazildi
2018-11-12 | Jamiyat
Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish - davlat siyosatining muhim yoʻnalishi sifatida belgilangan.
Shu munosabat bilan joriy yilning 9-noyabr kuni Buxoro shahridagi “Yoshlar markazi”da Buxoro viloyat Xotin-qizlar qoʻmitasining hisobot saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Unda viloyat hokimi Oʻ.Barnoyev, Bosh vazir oʻrinbosari, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Tanzila Norboyeva, viloyat, shahar va tumanlar Xotin-qizlar qoʻmitalari vakillari hamda faol ayollar ishtirok etdi.
Konferensiyada viloyat xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan amalga oshirilgan ishlarining 5 yillik sarhisobi tinglandi.
Shuningdek, shu vaqtga qadar Buxoro viloyati Xotin-qizlar qoʻmitasining raisi vazifasini bajaruvchi Ibragimova Feruza Baxodirxonovna viloyat Xotin-qizlar qoʻmitasi raisligiga saylandi.