O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Germaniya Federal kanslerining tashqi siyosat va xavfsizlik siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi bilan uchrashuv
2018-11-09 | Siyosat
2018-yilning 8-noyabr kuni Germaniya Federativ Respublikasiga tashrif buyurgan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Berlin shahrida Germaniya Federal kanslerining tashqi siyosat va xavfsizlik siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Yan Hekker bilan uchrashdi.
Suhbat chogʻida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning dolzarb masalalari, Oʻzbekiston – Germaniya hamkorligini chuqurlashtirishning istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Umumiy kun tartibini aniq mazmun bilan boyitish, ikki tomonlama munosabatlarga uzoq muddatli tus berish borasida tomonlarda qiziqish mavjudligi tasdiqlandi.