O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vazirlikda Oracle kompaniyasi vitse-prezidenti bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

2018-11-09 | Texnologiyalar

8-noyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Oracle kompaniyasi vitse-prezidenti Djovanna Sandjordji bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda vazirning birinchi oʻrinbosari Olimjon Umarov ishtirok etdi.

Olimjon Umarov Oʻzbekistonda Oracle kompaniyasining faoliyat doirasi kengayishiga, kompaniyaning mamlakatda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishdagi ishtiroki faollashuviga qiziqish mavjudligini bildirdi.

Bugungi kunda “Elektron hukumat” tizimi dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini joriy etish boʻyicha qator loyihalar amalga oshirilgan. Ushbu tizim va maʼlumotlar bazalarini yaratishda Oracle kompaniyasi yechimlaridan ham foydalanilgan.

Uchrashuvda Oracle kompaniyasi Oʻzbekistondagi biznesini kengaytirishi uchun litsenziyalash siyosatini qayta koʻrib chiqishi lozimligi bildirildi. Ushbu gʻoyani amalga oshirish uchun “UZINFOCOM” Yagona integratorini Oracle kompaniyasining vakolatli hamkori etib belgilash imkoniyatini koʻrib chiqish taklif qilindi hamda Yagona integratorning maqsad va vazifalari haqida mehmonlarga batafsil maʼlumotlar berildi.

Uchrashuv davomida, shuningdek, Oʻzbekistonda Oracle kompetensiya markazini tashkil qilish, AKT yoʻnalishida kadrlar tayyorlash, taʼlim sohasi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi, biznes yoʻnalishidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

Oracle vitse-prezidenti Jovanna Sandjordji kompaniyaning Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirish va hamkorlikni jadallashtirish taklifidan mamnunligini bildirdi.

Tomonlar hamkorlikning barcha yoʻnalishlarini aniq belgilab olish va shu asosida “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Oracle kompaniyasi axborot texnologiyalari va korporativ dasturiy taʼminot yetkazib beruvchi dunyoning yirik kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya dasturiy taʼminot va biznes-ilovalarni (ERP va CRM-tizimlar) oʻzaro bogʻlovchi maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Korporatsiya boʻlinmalari dunyoning 145 dan ortiq mamlakatlarida mavjud, shtab-kvartirasi AQSHda, Kaliforniya shtatidagi Kremniy vodiysida joylashgan.

Поделиться