O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yangi konsepsiya loyihasi tayyorlanmoqda
2018-11-09 | Jamiyat
Konsepsiya loyihasini tayyorlash yuzasidan, Toshkent shahar transport va yoʻl transport infratuzilmasini rivojlantirish departamenti va “Toshshahartransxizmat” AJ rahbariyati Rossiyaning “MosgortransNIIproyekt” va “A+S Transproyekt” tashkiloti vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muzokaralarda Toshkent shahri jamoat transportini rivojlantirish boʻyicha rejalashtirilayotgan loyihalar, tizim faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama etildi.
“MosgortransNIIproyekt”ning transport tizimini tahlil qilish va rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Yevgeniy Pronin istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishdan ikkala tomon ham birdek manfaatdor ekanligini taʼkidladi.
Shuningdek, Yevgeniy Pronin Moskvaning transport sohasidagi tajribasi bilan oʻrtoqlashib, oʻzining bir qator takliflarini bildirib oʻtdi.