O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xorazmda sayyohlar uchun tashkil etilayotgan maʼlumot markazlari soni oshmoqda
2018-11-09 | Turizm
Sayyohlarga zamon talablari darajasida xizmat koʻrsatish va xizmatlar sifatini yanada yaxshilash maqsadida, Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan tizimli ishlar davom ettirilmoqda. Xususan, yangidan qurib foydalanishga topshirilayotgan Xiva vokzalida ham yurtimiz mehmonlari uchun maʼlumotlar markazi tashkil qilindi.
Endilikda vohaga tashrif buyuruvchi sayyohlarimiz vokzal hududida turib oʻzlari uchun zarur boʻlgan aviachiptalar, temir yoʻl biletlari narxlari va ularni band qilish, mehmonxonalar haqida toʻliq maʼlumot olish va band qilish, restoran, kafe, barlar va ularda tashkillashtirilgan xizmat turlari, Xiva va Urganch shaharlarining turistik xaritalari, taksi chaqirish xizmatlari, fototransport vositalarini ijaraga olish, gid ekskursovod xizmatlaridan foydalanish va viloyatda oʻtkaziladigan madaniy koʻngilochar tadbirlar haqidagi maʼlumotlarni oʻzbek, ingliz va rus tillarida malakali mutaxassislar tomonidan olishlari mumkin.