O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Germaniya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv
2018-11-09 | Siyosat
2018-yilning 8-noyabr kuni Berlin shahrida hukumat delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Germaniya Federativ Respublikasi Federal tashqi ishlar vaziri Hayko Maas bilan uchrashdi.
Suhbat chogʻida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari va siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda, shuningdek, “Oʻzbekiston - Yevropa Ittifoqi” shaklidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvda ikki tomon kun tartibidagi boshqa masalalar va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Afgʻonistondagi vaziyat muhokamasi chogʻida, Afgʻonistonda tinch muloqotni boshlashdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi va bu mamlakatdagi loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilishga tayyor ekanliklari taʼkidlandi.
Shu kunning oʻzida Berlin shahrida tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi boʻlib oʻtdi.