O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Germaniya Bundestagi Vitse-prezidenti bilan uchrashuv
2018-11-09 | Siyosat
2018-yilning 8-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Berlin shahrida Germaniya Bundestagi Vitse-prezidenti Hans-Peter Fridrix bilan uchrashdi.
Suhbat davomida parlamentlararo aloqalar, jumladan mamlakatimizning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi doirasidagi munosabatlar holati va yanada rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlari muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Oliy Majlisi va Germaniya Bundestagi oʻrtasidagi muntazam aloqalar ikki tomonlama koʻp qirrali hamkorlikning muhim qismlaridan biri hisoblanadi.