O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Germaniya Federal prezidentining diplomatik va tashqi siyosat masalalari boʻyicha maslahatchisi bilan uchrashuv
2018-11-09 | Siyosat
2018-yilning 8-noyabr kuni Berlin shahrida boʻlib turgan hukumat delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Germaniya Federal prezidentining diplomatik va tashqi siyosat masalalari boʻyicha maslahatchisi Tomas Bagger bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston – Germaniya koʻp qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb muammolari yuzasidan batafsil fikr almashildi.