O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yuridik kadrlar malakasini oshirish — Sud-huquq sohasini isloh qilishning muhim omili

2018-11-08 | Jamiyat

“Sud-huquq sohasidagi islohotlar-Oʻzbekistonni rivojlantirishning yangi bosqichi”. Ayni shu mavzuda 2018 yilning 6-7 noyabr kunlari Xiva shahrida boʻlib oʻtgan konferensiyada sudya va yuridik kadrlarni tayyorlash masalalarini muhokama qildi. Tadbir Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan Xorazm viloyati adliya boshqarmasi hamda Markaziy Osiyoning Konrad Adenauera jamgʻarmasining mintaqaviy vakolatxonasi hamkorligida tashkil etildi.

Unda 2017-2021 yillarga moʻljallangan Harakatlar strategiyasining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini isloh qilish belgilab olinganligi taʼkidlandi. Oʻzgarishlar sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligi va fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatini mustahkamlash, qonunchilikni takomillashtirish, sud jarayonida tortishuv prinsipini toʻliq amalga oshirish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlarni koʻrsatishda tizimni takomillashtirishga yoʻnaltirilgan. Qonunchilikni takomillashtirish maqsadida xalqaro norma va xorijiy tajriba oʻrganilmoqda.

Mahalliy ekspertlar inson huquqlarini taʼminlash boʻyicha qonunchilikning mavjud tizimini tahlil qilib, mazkur sohadagi ishlarga ilmiy baho berishdi.

Ishtirokchilar muhokama doirasida sud-huquq sohasida qonunchilikni isloh qilish, sud hokimiyatining erkinlik va mustaqilligini taʼminlash, sudyalar va advokatlarning malakasini oshirish zarurligini alohida qayd etdi. Jamoatchilikning sudyalar lavozimiga nomzodlarni ilgari surishda ishtirok etishi, yuridik shaxslarning korrupsiya bilan bogʻliq jinoyatlar uchun javobgarligini oshirish, yuridik kadrlarni qayta tayyorlash boʻyicha xorij tajribasini oʻrganish muhimligi taʼkidlandi.

Maʼruzachilar mediatsiya institutini joriy qilish, advokatlarni ixtisoslashtirish, Oʻzbekiston kompaniyalarining huquq va manfaatlarini xalqaro maydonlarda himoya qiladigan yuristlarning alohida darajalarini qayta tayyorlashni koʻzda tutuvchi qonunchilik yangiliklariga batafsil toʻxtaldilar.

Mazkur tadbir huquq amaliyotchilari va huquqni muhofaza qilish xodimlari ochiq munozaralar yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlari, yuridik kadrlar malakasini oshirishga oid dolzarb masalalarni muhokama qilish imkonini yaratgan muloqot maydonchasiga aylandi. Ular tajribani sinchiklab oʻrganmasdan ilmiy asosda qonunchilik va sud huquq tizimining kelgusi rivojlanish tendensiyalarini oldindan aytib berish mumkin emas, degan fikrda yakdil. Shu munosabat bilan sud organlari sud amaliyotini umumlashtiradi va amaliy chora-tadbirlarni qabul qiladi.

Поделиться