Bugun Oʻzbekistonda Naqshbandiya turizm festivali boshlandi. Ushbu tadbir Malayziyaning jahon soʻfiylik markazi “World Sufi Center“ tomonidan uyushtirildi.
Unda Naqshbandiya soʻfiylari tariqatining 150 dan ortiq izdoshlari, jumladan, Malayziya, Indoneziya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Xitoy, Hindiston, Avstraliya, AQSH, Janubiy Afrika va boshqa mamlakatlardan dunyoning oʻndan ziyod mashhur olimlari ishtirok etmoqda.
Festivalning asosiy maqsadi - mazkur tariqat izdoshlariga buyuk oʻzbek mutafakkirlarini Islom va jahon sivilizatsiyasi rivojiga qoʻshgan hissasini yana bir bor namoyish etish. Ishtirokchilar, shuningdek, muqaddas joylarga borishi, diniy marosimlarda ishtirok etish hamda Oʻzbekistondagi boshqa “Ziyorat turizmi” obyektlari bilan tanishishi mumkin.
Festival 12 noyabrga qadar davom etadi.
Sayyora Shoyeva, OʻzA