O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Madaniy obyektlar muhofazasiga barcha masʼul

2018-11-06 | Jamiyat

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov YUNЕSKOning Umumjahon merosi markazi eksperti Kristina Iamandi xonimni qabul qildi.

Muzokaralar doirasida Samarqand shahridagi moddiy-madaniy meros obyektlari muhofazasini yaxshilash boʻyicha taklif va tavsiyalar bilan oʻrtoqlashdi.

Mehmonga “Samarkand city” qurilishi loyihalari taqdim etildi. – Samarqand oʻzining tarixiy qadamjolari bilan nom qozongan maskan hisoblanadi, – deydi K.Iamandi. – Bu yerning sayyohlik imkoniyati yildan-yilga oshib bormoqda. Shu bois, Toshkent, Shahrisabz, Buxoro kabi Samarqandning meʼmoriy yodgorliklarini asrash va saqlash boʻyicha oʻz takliflarimizni bildirdik.

Qabuldan soʻng, mehmon Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylarini tomosha qildi. “Zilol baxt” mehmonxonasida K.Iamandi xonim va mahalliy mutaxassislar uchun mahorat darsi oʻtkazildi.

Поделиться