O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
YUNЕSKOning eksperti Kristina Iamandi Oʻzbekistonda
2018-11-06 | Jamiyat
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining taklifiga asosan mamlakatimizning YUNЕSKO ishlari bo'yicha Elchixonasi hamkorligida YUNЕSKOning “Umuminsoniyat merosi” kitobi roʻyxatiga kiritilgan tarixiy shaharlar va yodgorliklarni kelajak avlodga bus-butun yetkazish uchun asrab-avaylash maqsadida Butun jahon merosi markazining konsultanti Kristini Iamandi xonim, YUNЕSKO ishlari bo'yicha Elchisi Umid Shadiyev hamda madaniyat vaziri oʻrinbosari K.Akilovalar 4-5 noyabr kunlari Shahrisabz shahriga kelishdi.
Delegatsiyani Qashqadaryo viloyati xokim oʻrinbosari Oʻ. Shozagatov, Shahrisabz shahar xokimi I. Nusurov, Viloyat madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish inspeksiyasi va muzey xodimlari kutib olib, Shahrisabz shahridagi tarixiy va madaniy yodgorliklar bilan tanishib chiqildi.