O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston xalqaro turizm yarmarkasida
2018-11-06 | Turizm
Oʻzbekistonning Yagona milliy stendi Londonda boʻlib oʻtgan anʼanaviy World Travel Market – 2018 xalqaro sayyohlik koʻrgazma-yarmarkasida namoyish etildi.
World Travel Market (WTM) jahon turizm bozori sahnidagi eng muhim voqeliklardan biridir. Joriy yil 5-noyabr kuni ochilgan 3 kunlik yarmarka turizm biznesi professional vakillarining uchrashuv va rasmiy muzokaralari uchun muhim maydoncha vazifasini oʻtaydi. Har yili WTMga tashrif buyuruvchilar soni 80 mingdan oshadi. Ular orasida diplomatik vakolatxonalar rahbarlari, turizm tashkilotlari vakillari ham bor.
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan tashkil etilgan Oʻzbekiston stendi mamlakatimiz turizm yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi risola, videorolik, yoʻl koʻrsatkich va boshqa axborot materiallarini oʻz ichiga oladi.
WTM – 2018 xalqaro sayyohlik koʻrgazma-yarmarkasida Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari va xorijiy hamkorlar oʻrtasida uchrashuv va muzokaralar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.
N.Usmonova, OʻzA