O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Press-reliz

2018-11-05 | Iqtisodiyot

Oʻzbekistonda “Qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish“ Loyihasi

Iqtisodiyot vazirligining SWOT tahlili boʻyicha treninglarini tashkil etish

Umumiy maʼlumot

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan “Oʻzbekistonda qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish“ Loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Germaniyaning Xalqaro Hamkorlik boʻyicha Jamiyati (GIZ) konsorsiumi, Fransiyaning Qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va qishloq hududlarini rivojlantirish boʻyicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish agentligi (ADECIA, Italiya Hayvon Yetishtiruvchilari Ittifoqi (AIA) va Korxonalarni rivojlantirish va menejment boʻyicha trening markazi (CEED).

Loyiha uchta yoʻnalishdan iborat:

• Agrar-oziq-ovqat sanoati (chorvachilik, bogʻdorchilik, sabzavotchilik va xizmat koʻrsatish sohasi) bilan bogʻliq qoʻshimcha qiymatli tovar zanjirlarini yanada rivojlantirish;

• Iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining, shu jumladan, yoshlarning koʻnikmalari va usullarini yanada rivojlantirish va takomillashtirish; zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ulardan foydalanishni oʻqitish; fermerlarni qayta tayyorlash va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash usullarini takomillashtirish;

• Hududlarni rivojlanishini rejalashtirish sohasida hududiy va mahalliy hokimiyatlarning institutsional rivojlanishi va salohiyatini oshirish.

Tadbirkorlik va maʼmuriy taʼlimni rivojlantirish markazi (CEED, Bolgariya) institutsional rivojlanishga yoʻnaltirish va mintaqaviy va hududiy hokimiyatlarning salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradigan asosiy dastur hisoblanadi.

Tadbirning maqsadi

Iqtisodiyot Vazirligining mahalliy va hududiy darajalarda biznesni rejalashtirish vositalari, SWOT tahlillarini va hududiy rejalashtirishda Yevropa Ittifoqi amaliyotidan foydalangan holda iqtisodiy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha yordam berishga koʻmaklashish.

Amalga oshirilishi

Institutsional rivojlanish yoʻnalishi doirasida 1-2-noyabrgacha iqtisodiy rejalashtirish va tahlil qilish boʻyicha trening oʻtkazish rejalashtirilgan.

Ushbu treningni Iqtisodiyot Vazirligining vakillari uchun xalqaro ekspertlar janob Nikolay Yarmov va xonim Kamelia Kaloyanova tomonidan, 5-6-noyabr kunlari Namangan va Sirdaryo viloyatlarining hududiy iqtisodiyot boʻlimlari vakillari uchun olib boriladi. Trening davomida biznesni rejalashtirish, SWOT tahlili kabi vositalari koʻrib chiqiladi va Yevropa mamlakatlarining tajribasi oʻrganiladi.

Ayni paytda Loyiha tegishli mahalliy hokimiyat organlari, biznes tuzilmalari va nohukumat tashkilotlari vakillari ichidan Hududiy Ishchi guruhlar tashkil etdi. Kelgusida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan Namangan va Sirdaryo viloyatlarining hududiy rivojlanish strategiyasining loyihasini Evropa Ittifoqi mamlakatlarining tajribalarini va hududiy ishchi guruhlari ishtirokida birgalikda rivojlantirish rejalashtirilgan.

Qoʻshimcha maʼlumot olish yoki loyiha ekspertlari bilan suhbatlashish uchun GIZ xodimlariga murojaat qiling: 
Liyoiha Milliy Koordinatori, Qodirjon Bobojonov +998 93 501 21 31, kodirjon.bobojonov@giz.de
Jamoat bilan aloqalar boʻyicha mutahassis: Rano Islambekova, +998 91 164 02 27, rano.islambekova@giz.de

Поделиться