O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston boʻylab sayohat qiling hamda chegirmalarga ega boʻling

2018-11-05 | Turizm

Bugungi kunda, respublikamizning barcha hududlaridagi markaziy koʻchalarida hamda aholi gavjum boʻlgan joylarida “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qiling!” shiori ostidagi reklama-bannerlarini joylashtirish ishlari boshlangan boʻlib, hozirda 250 dan ortiq bannerlar oʻrnatildi hamda ularning umumiy hisobda 320 ta oʻrnatilishi kutilmoqda. Ushbu bannerlarda hududlarning turizm salohiyati yoritilib, ularda sayyohlarni oʻziga jalb qiluvchi obyektlar joylashtirilishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Ushbu targʻibot ishlarini olib borishdan asosiy maqsad, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan mahalliy aholining maroqli dam olishlarini tashkillashtirish hamda turistik mavsum sust boʻlgan davrda turizm obyektlarining bandligini taʼminlashga qaratilgan boʻlib, respublika boʻylab joylarda aholiga oʻz xizmatlarini koʻrsatishda chegirmalar joriy qilinganligini bildirgan turizm sohasi ishtirokchilari, yaʼni mehmonxonalar, transport tashkilotlari va umum-ovqatlanish maskanlari roʻyxatlari shakllantirilganligi haqida axborot berildi. 

Respublika boʻylab chegirmalar taqdim etgan mehmonxonalarning umumiy soni 123 tani, transport tashkilotlari soni 54 tani hamda umumiy ovqatlanish (restoran) maskanlari soni 90 tani tashkil etganligi davlat va xususiy sektor oʻrtasidagi hamkorlik mustahkamlanib borayotganligidan va tadbirkorlarning turizm mavsumi sust davridan oqilona foydalana boshlaganidan dalolat beradi.

Chegirmalar haqida batafsil maʼlumotlarni Qoʻmitaning www.uzbektourism.uz rasmiy veb-sahifasi hamda 71 233-67-19 telefon raqamlari orqali bilib olishingiz mumkin.

Поделиться