O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

BMT Aksilterror boshqarmasi delegatsiyasining tashrifi

2018-11-03 | Jamiyat

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining o’rinbosari – BMT Aksilterror boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o’rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedov qabul qildi. Uchrashuvda, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi IIV, DXX va TIV mas’ul xodimlari ham ishtirok etdilar.

Suhbat davomida qayd etilganidek, tomonlar o’rtasidagi ushbu muloqot joriy yilda Xitoy Xalq Respublikasining Tsindao shahrida bo’lib o’tgan ShHT sammiti doirasidagi muhokamalarning mantiqiy davomi.

O’z navbatida V.Voronkov, samimiy qabul va mehmondo’stlik uchun minnatdorchilik bildirib, bugungi kunda O’zbekistonda amalga oshirilayotgan ko’lamli islohotlar nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasi, balki butun dunyoda ham ulkan ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o’tdi. Mehmonlar o’n yillar davomida qurolli to’qnashuvlar davom etib kelayotgan qo’shni Afg’onistonda vaziyatni barqarorlashtirish borasida O’zbekiston Respublikasining tashabbusiga alohida urg’u berdilar.

Suhbat jarayonida terroristik tashkilotlar a’zolari tomonidan yoshlarni o’z saflariga yollashga urinish holatlariga qarshi kurash, kiberterrorizm, noqonuniy migratsiya va aholi o’rtasida profilaktik ishlarni amalga oshirish kabi masalalar muhokama etildi. Shuningdek, hamkorlikning asosiy yo’nalishlari va istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.

Поделиться