O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot tahlil etiladi

2018-11-02 | Jamiyat

Joriy yilning 7-8 noyabr kunlari poytaxtimizda “Mamlakatning demokratik yangilanishi hamda modernizatsiyasida ayollarning roli: Oʻzbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot” mavzuida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtadi.

Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida tashkil etilgan tadbirda mazkur xalqaro konferensiyaning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalariga alohida eʼtibor qaratildi.
 
Unda davlatimiz rahbarining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yurtimiz xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, onalik va bolalikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashda muhim dasturilamal boʻlayotgani taʼkidlandi.
 
Bu kabi talablardan kelib chiqib, tashkil etilayotgan ushbu xalqaro anjuman ham mamlakatimizda xotin-qizlarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish, ularni har jihatdan qoʻllab-quvvatlash yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamohangligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Undan asosiy maqsad esa xalqaro hamjamiyatni Oʻzbekiston ayollarining jamiyat va davlat boshqaruvidagi mavqei, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy yoʻnalishlardagi faol ishtiroki bilan tanishtirish hamda oʻz navbatida xalqaro tajribani oʻrganish va amaliyotga tatbiq etishdir.
 
– Anjumanda dunyoning 50 ga yaqin davlatidan xalqaro ayollar institutlari vakillari, siyosat, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda faol boʻlgan ayollar ishtirok etadi, – dedi Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi boʻlim boshligʻi D.Qoʻziyeva. – Shuningdek, tadbir doirasida kelgusida ayollarning davlat boshqaruvidagi faol ishtirokini taʼminlash uchun uzoq va qisqa muddatli loyihalarni oʻz ichiga olgan xalqaro maydon tashkil qilish koʻzda tutilgan. Bugun mamlakatimizda ayollarning faolligini oshirish, ularning turli sohada oʻz qobiliyat va imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunga Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining xalqaro miqyosda oʻrnatgan aloqalari yaqqol dalil boʻla oladi. Misol uchun, bugun qoʻmita ayollar masalasiga oid yoʻnalishlarda Rossiya, Ozarbayjon, Turkmaniston, Qozogʻiston, Xitoy, Germaniya kabi davlatlar bilan oʻzaro xalqaro hamkorliklarni yoʻlga qoʻygan. Albatta, bunday manfaatli munosabatlar nafaqat bizga, balki xalqaro hamjamiyat uchun ham juda foydalidir.
 
Anjuman doirasida ishtirokchilar Samarqandda boʻlib, u yerdagi tarixiy obidalar va shaharda amalga oshirilgan ulkan ishlar bilan ham yaqindan tanishishga muvaffaq boʻladi.
 
Matbuot anjumanida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Respublika Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Tanzila Norboyeva soʻzga chiqdi.
 

 

Nasiba Ziyodullayeva, OʻzA

Поделиться