O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turkiya harbiylari bilan uchrashuv
2018-11-02 | Jamiyat
Turkiya Mudofaa vazirligi Xalqaro harbiy hamkorlik boshqarmasi boshligʻi Umit Yildiz boshchiligidagi harbiy delegatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida harbiy sohadagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Jumladan, Turkiya tomoni oʻzbekistonlik harbiy xizmatchilarning malakasini oshirishga xizmat qiladigan qator oʻquv markazlari va oliy harbiy taʼlim muassasalari roʻyxatini taqdim etib, hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat oliy harbiy bilim yurtlari oʻrtasida 2020 yildan masofadan turib dars oʻtish amaliyotini joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.