O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vazir “Siemens” kompaniyasi vitse-prezidenti bilan uchrashdi

2018-11-01 | Texnologiyalar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov “Siemens” kompaniyasi vitse-prezidenti Aleksandr Liberov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda Oʻzbekistonda “Xavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirish boʻyicha tomonlarning oʻzaro hamkorligi masalalari muhokama qilindi.

Qayd etish lozimki, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 29-avgustdagi qarori bilan “Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksini yaratish boʻyicha bosqichma-bosqich chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan edi.

“Xavfsiz shahar” kompleksi ichki ishlar organlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlari axborot tizimlari, videokuzatuv, qoidabuzarliklarni qayd etish, obyektlarni qoʻriqlash, ehtimoliy tahdidlarga javob qaytarish va ogohlantirish tizimlari, intellektual tahlil datchiklari hamda navbatchilik-dispetcherlik markazlari va maʼlumotlarni qayta ishlash markazlarining qoidabuzarliklar profilaktikasi boʻyicha boshqa axborot tizimlarini integratsiya qilishni nazarda tutadi.

Uchrashuvda Shuhrat Sodiqov oʻtgan asrning 90-yillaridayoq Oʻzbekiston va “Siemens” kompaniyasi oʻrtasida oʻzaro ishonchga asoslangan samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilganini eʼtirof etarkan, mamlakatimizda “Xavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirishda ushbu kompaniyaning boy tajribasi va ilgʻor amaliyotlarini hisobga olishga qaror qilinganini taʼkidlab oʻtdi.

“Siemens” kompaniyasining vitse-prezidenti A.Liberov oʻtgan yilning 15-noyabrida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov va “Siemens” kompaniyasi texnik direktori R.Bush oʻrtasida uchrashuv oʻtkazilgani va unda “Xavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirish boʻyicha anglashuv memorandumi imzolanganini qayd etdi. Shuningdek, u “Siemens” kompaniyasi Oʻzbekistonda bu loyihani amalga oshirishda ishtirok etishdan mamnunligini bildirib, nafaqat pilot loyiha, balki loyihaning butun Oʻzbekiston hududida amalga oshirilishiga hayrixoh ekanini taʼkidladi.

Uchrashuv davomida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markazi “Xavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirishda masʼul tashkilot ekani va markaz tomonidan bir qator vazifalar bajarilgani qayd etildi. Jumladan, loyihaning texnik vazifasi ishlab chiqilgan, apparat-dasturiy kompleksining asosiy jihatlari va loyihani amalga oshirish bosqichlari aniqlab olingan.

Pilot loyihasini (Samarqand shahrida) amalga oshirish doirasida yil oxirigacha ish hajmini aniqlash va hisob-kitoblarni tayyorlash taklif etildi. Bu tomonlar oʻrtasida imzolanishi kutilayotgan Kelishuvda aks etadi.

Loyihaning qiymati aniqlagandan soʻng, uni moliyalashtirish, jumladan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari koʻrib chiqiladi.

Shuningdek, “Xavfsiz/Aqlli shahar” loyihalarining amalga oshirilishi bilan tanishish va oʻrganish maqsadida Oʻzbekiston ishchi guruhining London shahriga safar uyushtirishi rejalashtirilmoqda.

Vazir Shuhrat Sodiqov “Siemens” kompaniyasi bilan hamkorlikda ushbu yoʻnalishdagi vazifalarning “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali loyihani yaqin kelajakda muvaffaqiyatli amalga oshirishga umid bildirdi.

Поделиться