O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston delegatsiyasining MDH Hukumat rahbarlari kengashi boʻlajak yigʻilishidagi ishtiroki toʻgʻrisida
2018-11-01 | MDH
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya 2018-yilning 2-noyabr kuni Ostona shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etadi.
Hukumat rahbarlari MDH doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar, aniq yoʻnalishlardagi oʻzaro aloqalarning shartnomaviy-huquqiy asosini kengaytirishga qaratilgan bir qator hujjatlarni imzolaydilar.