O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston delegatsiyasining Eronga tashrifi toʻgʻrisida
2018-10-29 | Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev boshchiligidagi delegatsiya 2018-yilning 21-24-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan Eron Islom Respublikasida boʻldi.
Tashrif chogʻida delegatsiya Afgʻoniston bilan chegaradosh hududlarda amalga oshirilayotgan transport-kommunikatsiya loyihalari, avvalo “Xaf – Hirot” yangi temir yoʻl tarmogʻi infrastrukturasi hamda Chohbahor dengizi porti imkoniyatlari bilan tanishdi.
Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi va Eron temir yoʻllari tashkiloti rahbariyatlari bilan ham uchrashuv va muzokaralar oʻtkazildi.
Tashrif davomida afgʻon muammosi yechimiga koʻmaklashish, Afgʻonistonda tinchlik muzokaralarini boshlash yoʻllari hamda ushbu mamlakatda infrastruktura loyihalarini amalga oshirish boʻyicha hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi.