O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Eng yaxshi startap asoschisi Isroilda boʻladigan tadbirda qatnashadi
2018-10-29 | Innovatsiya
“InnoWeek-2018” tadbiri doirasida mamlakatimizdagi 12 eng yaxshi startaplar Isroilda boʻladigan tadbirda Oʻzbekistonni taqdim etish huquqi uchun musobaqalashdi. Oʻzbekistondagi musobaqa gʻolibi 2-7 dekabr kunlari Isroildagi tadbirda ishtirok etish uchun ushbu mamlakatga boradi.
Tanlov yosh startapchilarga oʻz tarmogʻi qamrovini kengaytirish hamda Isroildagi venchur kompaniyalar, inkubatorlar va hi-tech mutaxassislari bilan uchrashish uchun qulay maydon yaratish maqsadida tashkil etildi.
Oʻzbekistondagi tanlovning final bocqichida ishtirok etuvchi startapchilarning saralanishi joriy yil 20 oktyabrda yakunlangan boʻlib, mazkur tanlovga jami 32 ariza kelib tushgan hamda ulardan eng yaxshi 12 tasi tanlab olindi. Tanlovga raqamli salomatlik, tibbiy texnologiya, “aqlli shaharlar”, avtonom ommaviy transport, moliya texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha startaplar qabul qilindi.
Yakuniy bosqichdagi 12 nafar ishtirokchi oʻz loyihalarini hakamlar hayʼati hamda yigʻilgan mehmonlar va OAV vakillariga taqdim etdi. Taqdimotlar natijalariga koʻra, hakamlar tanlovning asosiy sovrindorini aniqlaydi va yana ikki startap esa ragʻbatlantiruvchi sovgʻalar bilan taqdirlanadi. Gʻolib startap asoschisi Isroildagi tadbirga taklifnoma va shu jumladan, safar xarajatlarini qoʻlga kiritdi.
Haifa shahridagi oʻquv lageriga boradigan ishtirokchilarga Nobel mukofoti laureati hamda xalqaro hi-tech tarmogʻidagi yuqori lavozimlardagi rahbarlar bilan uchrashish, startapning samaradorligi hamda uning investorlar uchun qiziqarliligi darajasini orttirishga xizmat qiluvchi bilimlarni egallash, boshqa mamlakatlardan kelgan gʻoliblar bilan tajriba almashish imkoniyati yaratiladi.