O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston Qahramoni Vera Pak

2018-10-26 | Siyosat

Mamlakatimiz taʼlim sohasi ogʻir judolikka uchradi. Fidoyi pedagog, mehribon murabbiy, Oʻzbekiston Qahramoni Vera Borisovna Pak 80 yoshida vafot etdi. 

Vera Pak 1938-yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumanida tugʻildi. 1961-yili Nukus davlat pedagogika institutining kimyo-biologiya fakultetini bitirdi. 

Boʻlgʻusi pedagog oʻz mehnat faoliyatini 1961-yili Xiva shahridagi A.S.Pushkin nomidagi 3-umumtaʼlim maktabida kimyo va biologiya fanlari oʻqituvchisi sifatida boshladi. Ushbu maktabda yosh avlodning bilimdon farzandlar boʻlib kamolga yetishiga munosib hissa qoʻshdi. 

1985-2015 yillarda Xorazm viloyatidagi 20-Mehribonlik uyi rahbari, 2015-2018 yillarda Xiva shahridagi “Mehribonlik shaharchasi” direktori lavozimlarida mehnat qildi. 

Vera Pak 2004-2009 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi sifatida samarali faoliyat yuritdi. 

U oʻzining 57 yillik pedagogik faoliyati mobaynida ota-ona mehriga tashna koʻplab bolalarning yuragida hayotga, kelajakka mustahkam ishonch uygʻotgan edi. Ularning Vatanimizga, xalqimizga sadoqatli farzandlar boʻlib ulgʻayishi yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qildi. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari mustaqil hayotga qadam qoʻyganidan soʻng ham ularni maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlab, yosh yigit-qizlarning kasb-hunar oʻrganishi, oila qurib, uy-joy bilan taʼminlanishi yoʻlida jonbozlik koʻrsatdi. 

Ustoz Vera Pakning mamlakatimiz taʼlim-tarbiya sohasini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U 1992-yili “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi” faxriy unvoni, 2001-yili “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni bilan mukofotlangan edi. 

Mehribon ustoz, fidoyi pedagog, samimiy va kamtarin inson Vera Borisovna Pakning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi. 
 

Sh.Mirziyoyev, N.Yoʻldoshev, N.Ismoilov,
 
A.Aripov, A.Abduvaxitov, Sh.Shermatov

Поделиться