O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident Toshkent metropolitenining Yunusobod yoʻnalishi qurilishini koʻzdan kechirdi

2018-10-26 | Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 9-fevral kuni Yunusobod tumanida boʻlib, metropoliten qurilishi bilan tanishgan edi.

Davlatimiz rahbari 26-oktyabr kuni bu yerga yana bir bor tashrif buyurib, qurilish ishlarining borishini koʻzdan kechirdi.

Hozirgi kunda bu yerda Turkiston va Yunusobod stansiyalari hamda ular oraligʻida tunnelni qurish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu tunnelni yopiq usulda qazish uchun Germaniyadan “Xerrenktnext” kompaniyasining mexanizatsiyalashgan majmuasi keltirilgan. Bu ulkan texnika may-sentyabr oylari davomida yigʻilgan. Soha mutaxassislari Germaniyada malaka oshirib keldi. Koʻprik qurilish tresti tomonidan tunnel devorlarini mustahkamlovchi tyubinglar ishlab chiqarish sexi ishga tushirildi.

Hozirgi kunda tunnel qazish ishlari boshlab yuborilgan.

Prezidentimiz ushbu texnik majmuani koʻzdan kechirdi. Mutasaddilarga metro stansiyalarining tashqi koʻrinishi va infratuzilmasi boʻyicha tavsiyalar berdi.

Transport kommunikatsiyalarini qurishda shaharning kelgusi rivojini hisobga olish, hamma uchun qulay boʻlishini taʼminlash zarurligini taʼkidladi.

Поделиться