O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shavkat Mirziyoyev: Toshkent hamma sohalarda namuna boʻlishi kerak

2018-10-26 | Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, tadbirkorlarning istiqbolli rejalari bilan tanishmoqda.

Davlatimiz rahbariga Toshkent shahrining 2018-2019-yillardagi investitsiya salohiyatiga oid maʼlumotlar taqdim etildi. Unga koʻra, shu ikki yilda poytaxtimizda 417 ta loyiha amalga oshirilishi, buning natijasida 25 mingdan ziyod ish oʻrni yaratilishi moʻljallangan. Jumladan, Yunusobod tumanida 2019-yilda 38 ta investitsiya loyihasi rejalashtirilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining iqtisodiy imkoniyatlari kengligi, poytaxtimiz barcha sohalarda namuna boʻlishi kerakligini taʼkidladi. Jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmini yanada oshirish, yangi korxonalar tashkil etish va soliq tushumini koʻpaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Поделиться