O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Oʻzbekneftegaz” AJ va “Air products” MCHJ oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida kelishuv imzolandi

2018-10-25 | Iqtisodiyot

Kelishuv Toshkentda boʻlib oʻtgan Oʻzbek-Amerika biznes-forumi doirasida imzolandi. Mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasida istiqbolli loyihalar, shu bilan birga MTO loyixasi va amaldagi sanoat gazlarini ishlab chiqarish boʻyicha qurilmalarni oʻrganish va ularni baholashga qaratilgan boʻlib, samaradorligi va xavfsizligi boʻyicha takliflarni ishlab chikishga bagʻishlangan. 

“Air Products” kelishuv imzolangan kundan boshlab uch oy davomida sanoat gazlarga ichki va tashki bozordagi ehtiyoji haqida marketing oʻrganishni amalga oshirib, istiqbolli hamkorlik boʻyicha tegishli takliflarni tayyorlaydi. 

Amalga oshirilgan ish boʻyicha maʼlumot va natijalarni Qoʻshma ishchi guruhiga taqdim etadi. 

Maʼlumot uchun: 2018-yilning may oyida “Oʻzbekneftegaz” AJ va “Air Products” MCHJ oʻrtasida “metanol olefinlarga” texnologiyasi boʻyicha olefinlarni ishlab chiqarish loyixa doirasida memorandum imzolangan edi. 

2018-yilning avgust oyida esa Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari A.S. Sultanov va “Air Products” MCHJ prezidenti janob Seyfi Gassemi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasida loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish maqsadida yoqilgʻi-energetika majmuasi korxonalari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik boʻyicha ish rejasi imzolangan edi. 

Oʻzbekiston Respublikasi YOEM korxonalari va “Air Products” korporatsiyasi vakillaridan iborat Qoʻshma ishchi guruh shakllantirildi. 

Поделиться