O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

BMT narkotik va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasining “Treatnet II” loyihasi doirasida oʻtkazilayotgan mintaqaviy trening toʻgʻrisida

2018-10-24 | Jamiyat

Joriy yilning 22-26-oktabr kunlari Toshkent shahrida BMT Narkotik va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasining “Treatnet II: Giyoxvandlik va uning insonga boʻlgan asoratlarini davolash” - GLO71 loyihasi doirasida mahalliy mutaxassislar uchun giyohvandlikni davolashning sifatli instrumentlarini qoʻllash boʻyicha mintaqaviy seminar boʻlib oʻtmoqda.

Trening davomida mutaxassislar psixofaol moddalarni ishlatish oqibatida yuzaga keladigan kasalliklarni davolash boʻyicha xalqaro sifat standartlarini va ularni baholash vositalarini moslashtirishni koʻrib chiqadilar. Tadbir natijasiga koʻra, respublikaning sogʻliqni saqlash tizimiga kiritilishi mumkin boʻlgan xizmatlar sifatini nazorat qilish mexanizmini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Maʼlumot uchun: GLO71 loyihasi Oʻzbekistonda giyohvandlik bilan bogʻliq kasalliklarni davolash tizimini rivojlantirishga koʻmaklashish hamda giyohvandlikning salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan boʻlib, BMT Narkotik va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan 2009 yildan beri amalga oshirilmoqda.

Поделиться