O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xitoy – Oʻzbekiston muzokaralarida millatlararo bagʻrikenglik masalalari

2018-10-24 | Jamiyat

Joriy yilning 24 oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasida Xitoy Xalq Respublikasining Millatlar va din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi oʻrinbosari Bateyer boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasi hamda qoʻmita vakillari ishtirokida muzokaralar tashkil etildi.

Tadbirda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi R. Qurbonov, qoʻmita rais oʻrinbosari K. Eshonxoʻjayev, Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yan, Xitoy Xalq Respublikasining Millatlar va din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi oʻrinbosari Bateyer va boshqalar mamlakatlardagi diniy bagʻrikenglik, respublika hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning milliy merosiga hurmat bilan munosabatda boʻlish, barcha millat va elatlarning tili, madaniyati, urf-odat va anʼanalarini saqlash hamda rivojlantirish uchun keng sharoitlar yaratish, millatlar oʻrtasida oʻzaro mehr-oqibatni yanada kuchaytirish, shuningdek, kelgusida ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash, uzoq muddatli, ikki tomonlama manfaatli sheriklikni faol rivojlantirish masalalari va bu boradagi kelgusi rejalar haqida oʻzaro fikr almashdi.
 
Muzokaralar davomida jamiyatimizda millatlararo hamjihatlik va barqarorlikni mustahkamlashda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan tamoyillarning ahamiyati va uning turli millat vakillari hayotidagi oʻrni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda millatlararo totuvlikni taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilgani taʼkidlandi.
 
Tadbirda Xitoy Xalq Respublikasining Millatlar va din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi oʻrinbosari Bateyer kam millat vakillaridan iborat boʻlsa-da, Xitoyda milliy bagʻrikenglik, diniy erkinlik masalalariga hukumat doirasida katta eʼtibor qaratilganligini taʼkidlagan holda, ushbu masalada Oʻzbekistonda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarda mahalla instituti oʻrni alohida ekanligini taʼkidlab oʻtdi.
 
– Hukumatingiz tomonidan olib borilayotgan odilona boshqaruv ostida yurtingiz hududida yillar davomida turli din va millat vakillarining ahil va totuv istiqomat qilishlari eʼtirofga loyiqdir, – deydi Bateyer.
 
Uchrashuv yakunida ikki davlat masʼul vakillari oʻzaro esdalik sovgʻalari almashdi.
 

Zuhra Mirzaboyeva, OʻzA

Поделиться