O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Zoʻravonlik qurboniga aylangan ayollarni reabilitatsiya qilish Markazi (shelter) ish boshladi
2018-10-24 | Jamiyat
“Navoiy shahrida Xotin-qizlar qoʻmitasi qoshida Ayollar ijtimoiy koʻmaklashuv maslahat Markazi ish boshladi”, deb xabar berdi qoʻmita matbuot xizmati.
Oilaviy muammolar va maishiy zoʻravonlikka duch kelayotgan ayollarni oʻz joniga qasd qilishining oldini olish maqsadida markaz faoliyati tibbiy psixologik, ijtimoiy va huquqiy yordam koʻrsatishga yoʻnaltirilgan.
Markazda mutaxassis, psixolog, yurist, shifokor, onalar va bolalar xonalari faoliyat yuritib, u yerga murojaat qilgan ayollarga malakali mutaxassislar tomonidan zaruriy yordamlar koʻrsatiladi.