O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Telefondan foydalangan haydovchilarga jarima miqdori oshirildi

2018-10-23 | Jamiyat

Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi qonuni bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartirish kiritildi. Unga muvofiq, endilikda transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, avvallari avtotransport boshqarayotgan vaqtda haydovchining telefondan foydalangani uchun jarima eng kam ish haqining ikki baravari edi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, eng kam ish haqining toʻrt baravari (ilgari uch baravar) miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oygacha muddatga mahrum etishga sabab boʻladi.

Поделиться