O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ramziy tugmani bosish orqali yangi ishlab chiqarishga start berdi.

2018-10-23 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 17-oktabr kuni “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati vakillari Turkman tomonining taklifi bilan Kiyanli qishlogʻida polietilen va polipropilen ishlab chiqarish boʻyicha Gaz-kimyo majmuasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ramziy tugmani bosish orqali yangi ishlab chiqarishga start berdi. 

Shuni taʼkidlash joiz, Kiyanli qishlogʻidagi Gaz-kimyo majmuasi Oʻzbekistondagi Ustyurt gaz-kimyo majmuasining oʻxshash loyihasi. U Qoraqalpogʻistondagi Surgil koni asosida qurilgan va 2015-yilda ishga tushirilgan. 

Ustyurt GKMning qurilishi uchun 2008-yil fevral oyida “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tarkibida Korea Gas (KOGAS), Lotte Chemical va GS E&R kompaniyalari boʻlgan Kor-Uz Gas

Chemical Investment konsorsiumi bilan tenglik asosida Uz-Kor Gas Chemical qoʻshma korxonasini tashkil etgan. 

Kiyanlidagi polietilen va polipropilen ishlab chiqarish gaz-kimyo majmuasi boʻyicha sarmoyaviy loyihaning qiymati 3,4 milliard AQSH dollaridan oshgan. Turkmaniston davlat axborot agentligining xabar berishicha, loyiha “Turkmangaz” davlat konserni va xorijiy hamkorlar - LG International Corp, Hyundai Engineering (Koreya Respublikasi) va TOYO Engineering Corporation (Yaponiya) bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. 

Turkmanistondagi yangi majmuaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 5 milliard kub metr tabiiy gazni qayta ishlash imkonini beradi va bunda 381 ming tonna yuqori zichlikdagi polietilen, 81 ming tonna polipropilen va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi, shuningdek, 4,5 milliard kub metr tijorat gazini olish imkoni. 

Kiyanlidagi gaz-kimyo majmuasidagi polimerlarni ishlab chiqarish zamonaviy texnologiyalar asosida amalga oshirilmoqda, xususan, gaz ajratuvchi moslamada COREFLUX ™ texnologiyasi qoʻllaniladi. Mazkur texnologiya tabiiy gazdan metan va etanni samarali ajratib olishni taʼminlaydi hamda butun dunyoda keng qoʻllaniladigan xom ashyoni “nordon gazlar” va simobli aralashmalardan tozalaydigan texnologiya. 

Etan qurilmasi yiliga 685 ming tonna uglevodorod xom ashyosini qayta ishlashga moʻljallangan. 

Zavodda Turkmaniston uchun yangi mahsulot – etilenni past bosimda polimerizatsiya qilish orqali olinadigan yuqori zichlikdagi polietilenni ishlab chiqarish oʻzlashtirilgan. Bu yerda Innovene™ texnologiyasi qoʻllaniladi, unga ruxsatnomani esa Buyuk Britaniyaning “INEOS Technologies” xalqaro korporatsiyasi taqdim etgan.

Поделиться