O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Sindao delegatsiyasi Namanganda
2018-10-23 | Iqtisodiyot
Viloyat hokimligida joriy yil 22 oktyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining Sindao shahri xalq hukumati vakili Van Sinchun rahbarligidagi davlat idoralari masʼullari va tadbirkorlardan iborat delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida savdo-iqtisodiy, investitsiya va turizm sohalarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi, doʻstlik va investitsion hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha memorandum imzolandi, “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqildi.
Shuningdek, viloyatimizdagi 40 dan ortiq salohiyatli tadbirkorlar ishtirokida “Biznes-forum” hamda mahsulotlar koʻrgazmasi tashkil etildi.
Delegatsiya aʼzolari yengil sanoat yoʻnalishida “Istiqlol Texstil Dizayn” MCHJ, “Art Soft Tex” qoʻshma korxonasi hamda qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi eksportyor korxonalardan “Gold Fresh Fruits” korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.