O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻttiz idora manfaatdor ish

2018-10-23 | Jamiyat

Samarqandda Oʻzbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Jahon banki hamkorligida amalga oshirilayotgan “Oʻzbekiston Respublikasidagi koʻchmas mulkni roʻyxatdan oʻtkazish va kadastr tizimlarini modernizatsiya qilish” loyihasini hayotga tatbiq etishga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi. 

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari T.Abdullayev, Jahon banki mutaxassislari va xalqaro ekspertlar loyihaning maqsad va vazifalari, undan kutilayotgan natijalar, ayni paytda mutasaddi idoralar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan ishlar haqida maʼlumot berdi. 

Umumiy qiymati 35,77 million AQSH dollari boʻlgan mazkur loyihani amalga oshirish uchun Jahon banki tomonidan 20 million dollar miqdorida kredit ajratilgan. Loyihaga koʻra, 2017-2021 yillarda geoaxborot tizimlari va veb-texnologiyalardan elektron hukumat tizimining tarkibiy qismlari sifatida foydalanish asosida koʻchmas mulk kadastri va koʻchmas mulkni roʻyxatdan oʻtkazishning zamonaviy, integrallashgan axborot tizimini yaratish orqali amaldagi roʻyxatdan oʻtkazishning “qogʻozli tizimi” tubdan modernizatsiya qilinadi. Mamlakatimizdagi koʻchmas mulklarning kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish tizimi yaratilib takomillashtiriladi, maʼlumotlar raqamlashtirilib, elektron tizimga oʻtiladi. 

– Bu zamonaviy tizim sohada aholi va tadbirkorlarga koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash, muddatlarini qisqartirish va eng asosiysi, taqdim etilayotgan maʼlumotlar aniqligini oshirishga yordam beradi, – deydi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi mutaxassisi Bekzod Nishonov. – Ushbu loyiha jarayonida maʼlumot olish istagida boʻlgan barcha fuqarolar, korxona-tashkilotlarga elektron veb-portal orqali axborot berish yoʻlga qoʻyiladi. Buning uchun Jahon banki mutaxassislari bilan birgalikda mazkur sohada dunyoda yetakchilardan boʻlgan Finlyandiya va Shvetsiyaning Compet-Terra & FGC qoʻshma korxonasi vakillari ham koʻmaklashadi. Ular ishtirokida mamlakatimizda davlat xizmatlari koʻrsatishni jahon andozalari darajasiga olib chiqish rejalashtirilgan. 

Qayd etish lozimki, mazkur loyiha amalga oshirilishidan yurtimizdagi davlat kadastrini yuritish vakolatiga ega 30 ga yaqin vazirlik va idoralar, joylardagi davlat hokimiyati organlari manfaatdor boʻladi. 

 

Gʻ.Hasanov, OʻzA

Поделиться