O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Finlyandiya Elchisi bilan uchrashuv
2018-10-23 | Siyosat
2018-yilning 22-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Finlyandiya Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Mariya Elina Liivalani (qarorgohi Xelsinki shahrida) qabul qildi.
Ishonch yorliqlarini qabul qila turib, Vazir Elchini Oʻzbekistonga tayinlangani bilan tabrikladi va unga yuqori va masʼuliyatli lavozimda samarali faoliyat koʻrsatishini tiladi.
Boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida Oʻzbekiston – Finlyandiya kun tartibining muhim masalalari muhokama qilindi hamda turli sohalardagi, jumladan BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni faollashtirishning istiqbolli yoʻnalishlari boʻyicha fikr almashildi.
Uchrashuvda vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini oʻtkazish, Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya faoliyatini qayta tiklash boʻyicha takliflar ham koʻrib chiqildi.