O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekistonda yangi badminton markazi ochiladi

2018-10-22 | Sport

Poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi Muqimiy koʻchasida joylashgan Badminton markazi yaqin 10 kun ichida tashrif buyuruvchilar uchun oʻz eshiklarini ochadi. 

Bosh vazir oʻrinbosari, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi raisi Aziz Abduhakimov federatsiyaning yangi mashgʻulot majmuasida yakunlangan taʼmirlash ishlarini koʻzdan kechirdi. 

Taʼmirlash ishlari homiylik mablagʻlari asosida amalga oshirildi. Majmua Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizda sportni ommalashtirish boʻyicha bergan koʻrsatmasiga asosan bunyod etilgan. 

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti shu yilning 20 sentyabrida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazgan va unda mamlakatimiz rahbari tomonidan sportni rivojlantirish, ommalashtirish boʻyicha bir qator muhim koʻrsatmalar belgilab berilgandi. 

Qayd etish lozimki, badminton jarohat olish ehtimoli juda kam boʻlgan sport turi hisoblanadi va u bilan barcha yoshdagi insonlar shugʻullanishlari mumkin. Badmintonni “raketka bilan oʻynaladigan shaxmat” deb ham atashadi. Chunki, oʻyin davomida sportchi zarbalarning turli usullarini tezkorlik bilan oʻylab, amalga oshirishi lozim. Bunga erishish uchun albatta tezkor fikrlash talab etiladi. Badminton bilan shugʻullanish uchun lozim boʻlgan bunday xislatlarga esa, shubhasiz, mashgʻulotlar va musobaqalarda erishiladi. 

Umid qilamizki, ushbu sport majmuasi olimpiya sport turi hisoblangan badminton boʻyicha Oʻzbekistonga yangi chempionlarni tarbiyalab beradi. 

Поделиться