O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Byudjet-soliq ochiqligini baholash boʻyicha XVJ missiyasi bilan uchrashuv

2018-10-22 | Iqtisodiyot

22-oktabr kuni Moliya vazirligida Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi (XVJ) missiyasi bilan davlat moliyaviy statistikasini yuritish (GFS) va byudjet-soliq ochiqligini baholash (FT) boʻyicha A.Sayedj xonim boshchiligida uchrashuv oʻtkazildi. Missiya joriy yilning 2-noyabriga qadar boʻlib turadi.

Joriy yilning iyun oyida XVJ tomonidan byudjet-soliq ochiqligi, davlat moliyaviy statistikasining sifatli tuzilishi va davlat sektorida ochiq maʼlumotlar ishonchliligini baholash oʻtkazildi. XVJ ning oldindan baholash natijalariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida byudjet-soliq ochiqligini taʼminlash tajribasi XVJ byudjet-soliq sohasida ochiqlikni taʼminlash tajribasi boʻyicha Kodeks prinsiplarining 36 ta bazaviy standartlar yoki yanada yuqori standartlarning faqat 16 tasiga javob berishi aniqlandi. Shu munosabat bilan, xalqaro valyuta jamgʻarmasi talablariga muvofiq, davlat moliyaviy statistikasini tayyorlash sifatini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar oʻtkazish zarur.

Missiya doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya va Iqtisodiyot vazirligi javobgar xodimlari bilan bir qator uchrashuvlar oʻtkazish, shuningdek davlat moliyaviy statistikasini va fiskal hisobotni tayyorlash masalalari boʻyicha amaliy seminarlar tashkil etish rejalashtirilgan.

Rejalashtirilgan uchrashuvlar davomida fiskal ochiqlikni baholash boʻyicha missiya tashrifining oxirgi sanasidan boshlab davlat moliyaviy statistikasi hisobotini tayyorlashdagi yuksalish va tashabbuslarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Поделиться