O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

BDU Oliygohida xalqaro ijtimoiy fanlar anjumani boʻlib oʻtdi

2018-10-22 | Jamiyat

Dunyoda ijtimoiy fanlarni rivojlantirish va turkiy davlatlar hamkorligini yangi pogʻonaga olib chiqish uchun Oʻzbekiston va Turkiya davlatlari katta loyihalarni amalga oshirmoqda.

“Buxoro kuni“ festivali munosabati bilan Buxoro davlat universitetida boʻlib oʻtgan “Xalqaro ijtimoiy fanlar“ anjumanida Turkiya davlati vakillari ham ishtirok etishdi. Kongressda Turkiyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ahmed Basher Shen, TIKA rahbari Ali Ihsan Chaglar, Turkiya “Buyuk Millet Mejlisi“ parlamenti raisi oʻrinbosari Mustafa Shantop hamda Nobel mukofoti sovrindori Aziz Sanjar va Buxoro viloyat hokimining Turizm masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.Shaxriyorov nutq soʻzlashdi.

Konferensiya soʻngida tomonlar kelajakdagi rejalar amaliga umid bogʻlab oʻzaro taqdirlash marosimini ham oʻtkazishdi. BDU oliygohidagi ushbu anjuman kelajakda mamlakatimizda ham ijtimoiy, ham fundamental fanlar rivojiga oʻz hissasini qoʻshishiga biz ham umid bildiramiz. Festival munosabati bilan oʻtkazilayotgan tadbirlar davom etmoqda.

Поделиться