O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda “AQSH biznes haftaligi” doirasida TIFA uchrashuvi boʻlib oʻtdi

2018-10-22 | Iqtisodiyot

2018 yil 15-16-oktabr kunlari Markaziy Osiyo va Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrtasida Savdo va investitsiyalar boʻyicha Asosiy bitim doirasida Toshkentda bir qator tadbirlar oʻtkazildi.

Xususan, 2018 yil 15-oktabrda bojxona, standartlar, sanitariya va fitosanitariya tadbirlari, xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, intellektual mulkni muhofaza qilish boʻyicha ishchi guruhlarning yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Markaziy Osiyo va AQSHning tegishli vazirlik va idoralari, shuningdek, kuzatuvchi mamlakatlar – Afgʻoniston va Pokiston vakillari ishtirok etishdi. Ishchi guruhlarning yigʻilishi “AQSH biznes haftaligi” doirasida Toshkentda boʻlib oʻtgan birinchi tadbirdir.

16-oktabr kuni Savdo va investitsiya boʻyicha Asosiy bitim kengashining yigʻilishida TIFA aʼzo-davlatlari delegatsiya rahbarlari soʻzga chiqdilar.

Ishtirokchilar savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalarda koʻp tomonlama hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari va istiqbollari, shuningdek, bozorning ochiqligini taʼminlash masalalarini muhokama qilishdi.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, 2004-yilda imzolangan Asosiy bitim Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsion munosabatlarni rivojlantirishning dolzarb masalalarini koʻrib chiqish va ishtirokchi mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik istiqbollarini aniqlash uchun samarali platforma yaratdi.

- Oʻzbekistonda birinchi marta TIFA uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda. Shuni taʼkidlash joizki, kengash tarkibida birinchi marta yangi ishchi guruhlar oʻz ishlarini boshladi: ayollarning iqtisodiy va huquqiy imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, intellektual mulkni himoya qilish toʻgʻrisida, – Tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev oʻz kirish nutqida toʻxtalib oʻtdi. – Ushbu formatdagi faoliyat bilan iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan islohotlar mintaqalararo integratsiya uchun yanada keng imkoniyatlar ochadi va Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda Afgʻonistonni har tomonlama rivojlantirishga xizmat qiladi.

Uchrashuvda TIFA platformasini savdo-sotiqni rivojlantirish va ochiq bozorni shakllantirishga qaratilgan aniq tashabbuslar bilan toʻldirish zarurligi qayd etildi, bu Markaziy Osiyo va Afgʻonistondagi barcha mamlakatlarning iqtisodiy salohiyatini sezilarli darajada oshirishi taʼqilandi.

Поделиться