O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Fuqaro muhofazasi Institutida seminar boʻlib oʻtdi

2018-10-22 | Jamiyat

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi Institutining asosiy tadbirlar rejasiga asosan 2018-yilning 19-oktabr kuni “Aholi oʻrtasida botulizm va quturish kasalliklari profilaktikasi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar oʻtkazildi.

Ushbu seminarda Fuqaro muhofazasi instituti professor – oʻqituvchilari, Fuqaro muhofazasi kurslari tinglovchilari, institut magistrlari, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat veterinariya bosh boshqarmasi, “Mahalla” jamgʻarmasi hamda Fuqaro muhofazasi instituti bilan ilmiy hamkorlikni yoʻlga qoʻygan boshqa institutlar vakillari ishtirok etishdi.

Seminarni oʻtkazishdan maqsad botulizm va quturish kasalligi boʻyicha respublikadagi vaziyat, soha yoʻnalishi boʻyicha masʼul vazirlik va idoralar tomonidan olib borilayotgan ishlar va oldinda turgan vazifalarni tahlil va muhokama qilish:

ishtirokchilarda botulizm va kuydirgi kasalligining kelib chiqish sabablari, klinikasi va oldini olish choralari haqida tushunchalar hosil qilishdan iborat.

Shuningdek, institut magistratura talabalarini ilmiy ishlarga kengroq jalb etish va ularning ilmiy salohiyatini oshirish koʻzda tutiladi.

Поделиться