O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekistonda Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti filiali tashkil etiladi

2018-10-22 | Ta’lim

21-oktabr kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligida Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti rektori Tamara Mixaylova boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Vazirlik matbuot xizmatining xabar berishicha, uchrashuvda jismoniy tarbiya va sport sohasi boʻyicha ikki davlat oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish, qishki sport turlari boʻyicha trenerlar tayyorlash sohasida oʻzaro tajriba almashish kabi masalalar muhokama qilindi.

Muhokamalar yakunida bir qator muhim yoʻnalishlar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilishga oid kelishuvga erishilgan. Xususan, yurtimizda Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti filiali tashkil etiladi. Shuningdek, oʻzbek sportchi va trenerlariga universitetning Rossiyadagi qishki sport turlariga ixtisoslashgan bazalarda shugʻullanish imkoniyati yaratiladi.

Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev Prezidentimiz tomonidan yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga katta eʼtibor qaratilayotganligini taʼkidlab, hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar ham soha rivojiga xizmat qilishi kutilayotganligini va ushbu rejalarni hayotga tatbiq etishda barcha imkoniyatlarga ishga solinishini maʼlum qildi.

“Mazkur filial universitetimizning xorijda tashkil etilayotgan birinchi filiali boʻladi. Uning tashkil etilishi nafaqat Oʻzbekiston balki barcha Markaziy Osiyo davlatlari yoshlarining taʼlim olishiga qulaylik yaratadi. Dastlab bir necha yoʻnalishda tashkil etiladigan filial yoʻnalishlari yildan-yilga kengaytirib boriladi. Biz muassasaning samarali faoliyat yuritishi uchun malakali mutaxassislarimizni jalb etamiz”, dedi, Tamara Mixaylova.

Uchrashuv yakunida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Поделиться