O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Diqqat tanlov!

2018-10-22 | Turizm

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi yoshlarning turizm sohasidagi biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, samarali biznes-rejalarni amalga oshirishda yaqindan koʻmaklashish maqsadida, yoshlar oʻrtasida, turizm sohasidagi eng samarali biznes loyihalar tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovda oliy maʼlumotga ega boʻlgan, oliy taʼlim muassasasini oxirgi uch yil davomida bitirgan, turizm sohasida oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida boʻlgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov ikki bosqichdan iborat boʻlib, birinchi bosqichda tanlov ishtirokchilari tomonidan biznes loyihalar Tanlov komissiyasiga yuboriladi va komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.

Ikkinchi bosqich joriy yilning 20-dekabridan boshlanib, birinchi bosqich yakuni boʻyicha saralab olingan ishtirokchilar oʻrtasida oʻtkaziladi. Unda ishtirokchilar oʻzlarining biznes loyihalarini Tanlov komissiyasiga taqdimot qiladilar.

Tanlov mezonlari asosida gʻolib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish uchun Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tegishli shartlar asosida eng kam ish haqining 250 (ikki yuz ellik) barobarigacha boʻlgan miqdorda pul mukofotlari ajratiladi.

Shuningdek, loyiha samaradorligini taʼminlash maqsadida Tanlov gʻoliblari Oʻzbekiston-Yaponiya markazi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tashkil etiladigan turizm sohasida biznes yuritish va boshqarish boʻyicha maxsus oʻquv kurslarida taʼlim olish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Hujjatlar (arizabiznes loyiha haqidagi batafsil maʼlumot va biznes-reja) joriy yilning 1 dekabriga qadar (oʻzbek, rus, ingliz tillaridan birida) Toshkent shahri, Istiqlol koʻchasi, 47-uy yoki tanlov@uzbektourism.uz ; elektron manziliga yuborishlari lozim.

Поделиться