O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Rossiya Federatsiyasi Prezidenti va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti bilan norasmiy uchrashuvi toʻgʻrisida
2018-10-22 | Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 20-oktabr kuni Oʻzbekiston, Rossiya va Qozogʻiston davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Qozogʻistonning Turkiston viloyatida boʻldi.
Uchrashuvda uch mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni, avvalo savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.