O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qoraqalpogʻiston Respublikasida Xalqaro gastronomik festival boshlandi

2018-10-19 | Jamiyat

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahri va Moʻynoq tumanida tadbirlar yuqori saviyada tashkil etilmoqda.

Festivalning asosiy tashkilotchisi hisoblangan Madaniyat vazirligi bu haqda xabar berdi.
2018 yil 19 oktyabr kuni I.V Saviskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat sanʼat muzeyida festival qatnashchilari ishtirokida“Janubiy Orol atrofi - innovatsion rivojlanish hududi” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazilmoqda.
 
Kunning ikkinchi yarmida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida Ch.Aytmatovning “Sohil boʻyida chopayotgan Olapar” qissasi asosida sahnalashtirilgan “Luvr oʻrdagi” nomli spektakli namoyish etiladi.
 
Festivalning ikkinchi kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyining Moʻynoq tumanidagi filiali “Ekologiya” muzeyining ochilish marosimi, shuningdek, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrining simfonik orkestri konserti va “Koʻk suv” koʻli boʻyida viloyatlardan va barcha tumanlardan kelgan oshpazlar ishtirokida “Orol baliqlaridan 99 tur taomlar” nomli gastronomik xalqaro festivali oʻtkaziladi.
 
Kunning ikkinchi yarmida Ochiq osmon ostidagi “Kemalar muzeyi” oldi “Mayok” boʻyida “Orol va Moʻynoqning qayta tiklanishi” nomli xalqaro ekofestivaliga bagʻishlangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga qarashli Ixtisoslashtirilgan Nukus madaniyat maktabi, Nukus shahri va Moʻynoq tumani bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchi yoshlarining ekologiya mavzusida rasmlar chizish mashgʻulotlari, “Orol mening taqdirimda” mavzusidagi Oʻzbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi rassomlari koʻrgazmasi, “Fermer boy, xalq farovon” mavzusida Moʻynoq, Qoʻngʻirot, Qonlikoʻl, Shoʻmanoy, Xoʻjayli tumanlari dehqon fermer hoʻjaliklarining “Hosil koʻrgazma”lari, “Jonli tabiat” mavzusidagi gulchambarlar namoyishi, shuningdek, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi va “Hunarmand” uyushmasi tomonidan tashkil etiladigan koʻrgazmalar namoyish etiladi.
 
“Orol baliqlaridan 99 tur taomlar” nomli gastronomik xalqaro festivali va “Orol va Moʻynoqning qayta tiklanishi” mavzusidagi xalqaro Ekofestivali gʻoliblarini taqdirlash marosimi.
 
Ochiq osmon ostidagi “Kemalar muzeyi” oldi “Mayok” boʻyidagi sahnada xalqaro festival yakuni bilan Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston sanʼat arboblari, taniqli yosh estrada xonandalari ishtirokida gala konsert dasturi.
 
Ochiq osmon ostidagi “Kemalar muzeyi” yonida “Qur” atrofida Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq baxshi va jirovlari, folklor jamoalarining xalq dostonlaridan parchalar ijrosi, qiz-yigitlar aytishuvlari bӯlib ӯtishi belgilangan.

Поделиться