O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Botir Xoʻjayev: “Hududlararo hamkorlik davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarda muhim oʻrin tutadi”

2018-10-19 | Iqtisodiyot

Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi birinchi hududlararo hamkorlik forumi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

Poytaxtimizdagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida tashkil qilingan biznes nonushtada Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri Botir Xoʻjayev soʻzga chiqdi.
 
Uning taʼkidlashicha, Oʻzbekiston – Rossiya munosabatlarida hududlararo hamkorlik muhim oʻrin tutmoqda. Shu kunga qadar mamlakatimiz viloyatlari vakillaridan iborat 14 delegatsiya Rossiyaning 30 viloyat va maʼmuriy tuzilmalarida boʻlib, u yerdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan tanishishgan va savdo-investitsiyaviy hamkorlik boʻyicha kelishuvlarga erishgan.
 
– “Bugungi tadbir ana shunday yuqori saviyadagi munosabatlarni yanada faollashtirish uchun qulay imkoniyat. Biz hududlararo hamkorlikni rivojlantirishga davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, mintaqalarning iqtisodiy barqarorligini taʼminlash, ish oʻrinlari yaratishning muhim omili sifatida qaraymiz”, – deya qayd etdi B.Xoʻjayev.
 

 

Ulugʻbek SHONAZAROV, OʻzA

Поделиться